Bugun, 16-sentabr kunidan boshlab rasman dars mashg’ulotlari boshlandi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2024/2025 o’quv yiliga 9-sentabr kunidan rasman start berilganidan xabaringiz bor. Bugunga qadar, ya’ni bir hafta davomida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida mustaqillik darslari o’tildi.

Unda talabalarni institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish qatorida o’quv jarayonining davom etish holati, kredit-modul tizimi hamda hemis dasturlaridan foydalanish tartibi, shuningdek, institutning ichki tartib-qoidalariga amal qilish va kutubxonlardan foydalanish imkoniyatlari kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Bugun, 16-sentabr kunidan boshlab rasman dars mashg’ulotlari boshlandi. Professor-o'qituvchilar tomonidan talabalarga o'quv mashg'ulotlarida faol qatnashishi, dars jarayonlari grafigi, o’qitiladigan fanlarning mazmun-mohiyati hamda vazifalari yuzasidan zaruriy axborotlar taqdim etilmqoda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-16 12:25:13 58