MAQSAD – TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDIR

Samarqand davlat chet tillar institutida institut rektori Bahodir Xoliqov ishtirokida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilish yangi o’quv yilida begilangan vazifalar ijrosi, institut jamoasi oldida turgan galdagi vazifalar, mavjud muammolar va ularning yechimiga bag’ishlandi.

Unda muassasa prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi. Yig’ilishda haftaning har chorshanba kuni boladigan mustaqil ta’lim kunida talabalar ham, professor-o’qituvchilar ham faol qatnashishlari, talabalar uchun to’garaklar muntazam faoliyat olib borishi, mustaqil ishlashlari uchun axborot-resurs markazi, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kompyuter xonalari shay holatga keltitilgan.

Professor-o’qituvchilar shu kuni asosiy ishidan tashqari o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ilmiy tadqiqotlar ustida ishlashlari, har bir daqiqadan samarali foydalanishlari lozimligi ta’kidlandi. Shu kunlari navbati bilan barcha fakultetlarda rektor va talabalar uchrashuvlarini tashkil etish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Talabalar va ularning muammolariga o’z vaqtida va tezkor echim topish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, marketing faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyatini yo’lga qo’yish, hujjatlarni taxlash bo’yicha tavsiyalar berildi.

Fakultet dekanatlarida hujjat yuritish, kafedralarda Hemis dasturi asosida ishlashdagi muammolarga barham berish, kafedralar reytingini yuritish, shu asosda fakultetlar reytingini tashkil etish, bu ishlarda professor-o’qituvchilarning shaxsiy KPIsiga asoslanish ta’kidlandi. Talabalarni fan olimpiadalariga puxta tayyorlash bo’yicha tegishli prorektor va bo’lim boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, QVZ jamoasining Surxondayo viloyatida bo’ladigan bellashuvlardagi ishtirokini ta’minlash uchun zaruriy choralar ko’rish, talabalar teatri va talabalar assotsiatsiyasi ishini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar ko’lamini kengaytirish, borasida fikrlar bildirildi. Bu soha bo’yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Institutda elektr energiyasini tejash, energiya tejovchi uskunalardan foydalanish, yong’in xavsizligi qoidalariga amal qilish hamda institut ishlovchi xodimlar o’z xonadonlarida quyosh panellari o’rnatishning ahamiyati haqida fikr yuritildi va bu borada mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-16 16:34:21 145