Talabalar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishmoqda

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida qator vazifalar belgilab berilgan va bu borada joylarda qator samarali ishlar qilinmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida talabalar uchun barcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, hozirda talabalar ushbu imkoniyatlardan foydalanib kelishmoqda.

Jumladan, besh tashabbus doirasida tashkil etilgan kutubxona, musiqa va san’at xonasi, tikuvchilik, ma’naviyat va ma’rifat xonasi hamda sport mashg’ulotlari xonalarida talabalar o’zlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-16 17:52:43 63