Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ishlari muntazam davom etib kelmoqda. Bu borada institutda faoliyat ko'rsatib kelayotgan tyutorlar alohida tashabbus ko'rsatishmoqda.
Jumladan, institutning Sharq tillari fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar Qamariddin Nurmatov hamda Mohira Abdullayevlar 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar oldi.
Jarayon davomida talabalarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga dars jarayonida va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol bo'lish borasida ko’rsatmalarni berdi.





SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
