Joriy yilning 18-sentabr kuni Samarqand shahrida joylashgan “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi mas’ullari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti marketing va talabalar amaliyoti bo’limi xodimlari hamkorligida seminar tashkil etildi. Unda 200 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi xodimlari tomonidan talabalarga ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, mamlakatimiz mehnat bozorida yosh mutaxassislarni saqlab qolishga qaratilgan maxsus dasturlarni amalga oshirish, axborot texnologiyalari sohasida ilg’or tajribalarni joriy etish kabilar xususida atroflicha ma’lumotlar berishdi.
Ekspertlar almashinuvi, qo’shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, milliy va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlarini o’tkazish, institutda “IT kuni” va boshqa tadbirlarni tashkil etish, turli platformalarda reklama materiallarini joylashtirish orqali brendni maqsadli auditoriya orasida birgalikda targ’ib qilish kabilar ham shular jumlasidan.
Ma’lumot uchun, “School 21” axborot texnologiyalar sohasida “Peer – to – peer” usulidan foydalangan holda ish va o’qish bilan birgalikda bepul ta’limni taqdim etadi, ixtisoslashtirilgan hamjamiyat, 24/7 jadvali bo’yich o’qish jarayonini taklif etadi.
Murojaat uchun: +998970690700, +998507256066

.jpg)

.jpg)
.jpg)



.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
