Ingliz tili fakulteti o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

1-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakulteti qaytadan ta’mirlangan o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rahbariyati, institut talabalari, professor-o‘qituvchilar, ishtirok etishdi. Institut rektori I.Tuxtasinov so‘zga chiqib, barchani o‘quv yilining ikkinchi semestri boshlanganligi bilan tabriklab,  fakultetlar  faoliyatiga omad tiladi va hozirgi kunda Hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi va barchani berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga hamda institutni ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylantirishda yaqindan hamkor qilishga chorladi.

Tadbir davomida binoning ramziy kaliti taqdim etilgach, tashrif buyurgan mehmonlar yangi o‘quv binosida tashkil etilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng yig‘ilganlarga institut talabalar jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Share:
2019-02-02 13:35:00 92