Samarqand davlat chet tillar institutida sog'lom turmush tarziga rioya qilishga, professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida sportni ommalashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bois o'nlab sport to'garaklari faoliyat olib bormoqda, tez-tez sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilyapti.
Ana shu ezgu ishning davomi sifatida Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand xalqaro texnologoyalar universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida institut o‘yingohida minifutbol bo‘yicha do‘stlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Institutimiz jamoasidan E.Musurmonov, Y.Boboqulov va boshqalar, mehmonlardan Jimbo Claver (Kamerun), Yonghun Jung (Janubiy Koreya), Ajeeb Wagd (Suriya) va Po'lat Nazarovlar musobaqada faollik ko‘rsatishdi.
Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada vakillarimiz qo‘li ustun kelsa-da do‘stlik g‘alaba qozonganini ta'kidlash lozim. Bunday uchrashuvlar yana davom etishi va eng muhimi, boshqa oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan ham tashkil etilishi rejalashtirib olindi.









SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
