Barcha xorijdagi vatandoshlarni grant asosida Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olishga taklif etamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi bilan xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga Respublika bo‘yicha 10 ta davlat granti ajratilgan.

Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan 2024-yil 30-sentabrdan 2024-yil 20-oktabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi !!!

Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar belgilanadi:

– Shaxsni tasdiqlovchi xujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi: Etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o‘zini O‘zbek yoki Qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi; O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

– Xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

– 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

– O‘zbek tilini bilishi lozim.

Arizani SamDCHTIning Gagarin ko‘chasi 43 uyda joylashgan Xalqaro hamkorlik bo‘limiga yoki quyidagi link orqali masofadan topshirishingiz mumkin: https://studyin-uzbekistan.uz/universities/99/programs

Batafsil ma’lumot uchun:
SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi  
Tel.: +998 97 919 87 01; +998 94 519 09 59
E-mail:  intdep@samdchti.uz

Share:
2024-09-30 14:43:56 141