DIQQAT, TANLOV

Samarqand davlat chet tillar instituti "Eng faol yil talabasi" tanlovini e'lon qiladi.

⚡️Siz eng faol yil talabasi boʻlmoqchimisiz, unda bu tanlov aynan siz uchun.

✅Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:

🟢"Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi";

🟢"Yilning eng faol targʻibotchi talabasi";

🟢"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";

🟢"Yilning eng faol sportchi talabasi";

🟢"Yilning eng faol iqtidorli talabasi";

🟢"Yilning eng faol ijodkor talabasi";

🟢"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun).

✅Tanlov ikki bosqichda bo'lib o'tadi. Birinchisi - fakultet bosqichi, ikkinchisi - institut bosqichi. Nominatsiyalar bo'yicha institut bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar institutning faxriy yorligʻi va 1-o'rinni egallagan talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari, 2-o'rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari, 3-o'rinni egallagan talaba esa bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag'batlantiriladi.

⚡️Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishishingiz mumkin.

✅Tanlovda qatnashish uchun o'z fakultetingiz dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin.

✅Fakultet bosqichi barcha fakultetlarda 25-oktabr sanasida bo'lib o'tadi 1-o'rinni qo'lga kiritgan talabalar institut bosqichida ishtirok etishadi❗️

DIQQAT ❗️ Tanlovda faqat kunduzgi ta'lim shaklida tahasil olayotgan talabalar qatnashishlari mumkin!

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-10-04 10:39:10 66