Joriy yilning 7-oktabr kuni soat 19:00 da Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili va tarjimashunoslik fakulteti joylashgan binodagi 206-xonada “Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nigora Daminova Xorijiy til va adabiyoti (kechki) yo‘nalishi, 2-kurs, 2306, 2307, 2308, 2309, 2310-o‘zbek guruhlari bilan “Ta’lim nazariyasi. Ta’limni tashkil etish shakllari” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Ochiq ma’ruza mashg‘ulotida ishtirok etish xohishi bo‘lgan barcha mashg‘ulotga taklif etiladi.
Ikchi ekspert: D.Begmatova – Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Tashqi ekspert: E.Abdumannotov – O‘zbekiston – Finlyandiya pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
