Ingliz tili fakultetida tahsil oluvchi talabalari ishtirokida bugun, 4-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutining marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari hamda "Future technology academy" nodavlat ta'lim muassasasi xodimlari hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga "Future technology academy" tashkiloti to’g’risida xodimlari tomonidan atroflicha ma’lumotlar berilib, tashkilotdagi bo’sh ish o’rinlari hamda xodimlarning vazifalari xususida batafsil to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, uchrashuvda tashkilot Amerika logistikasida outsourcing xizmatlarini ko'rsatadigan xalqaro korxona ekanligi va korxona dispetcher lavozimida ishlaydigan yangi xodimlarni ishga qabul qilishi ma’lum qilindi.







Quyida qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Ish haqi: Eng kamida $400 va undan yuqori!
👉Xalqaro darajada tajriba orttirish
👉Ingliz tilini amaliyotda qo'llash va rivojlantirish
👉Yaxshi jamoada ishlash va martaba imkoniyatlari
👉Masofaviy ish imkoniyati
Talablar:
👉Ingliz tilini yaxshi bilish (og’zaki va yozma ravishda)
👉Muloqot qobiliyatlari va mas’uliyatli yondashuv
👉O'rganishga ochiq bo'lish
👉Chet tillar institutining talabasi yoki bitiruvchisi bo’lsangiz va ushbu sohaga qiziqsangiz, bizning jamoaga qo’shiling va muvaffaqiyat sari birgalikda yo'l olamiz!
Biz bilan bog'laning va batafsil ma’lumot oling:
+998939229006
Instagram.com/new_tech_education
Instagram.com/cnu_expedited_transportation
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
