HAMKORLIK TA'LIM SIFATINI OSHIRADI

Samarqand davlat chet tillar instituti marketing va talabalar amaliyoti bo'limi tashabbusi bilan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Past Darg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov hamda Past Darg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori S.Qo'chqorovlar tomonidan kelgusida ta'lim-tarbiya jarayonida o'zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishuv amalga oshirildi. 

Jumladan, ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan kelgusida institutga yetuk bilimli va yuqori saviyaga ega bo'lgan talabalar yetkazib berish hamda o'z navbatida institut bitiruvchilarini kelgusida mazkur ilm maskanida ish bilan taminlanlash yuzasidan kelgusi vazifalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-10-09 15:03:00 101