“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda

Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan butun mamlakatimiz bo’ylab keng miqiyosda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

Loyiha doirasida SamDCHTIda o’ndan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual o‘yinlar, kitob taqdimotlari, sport musobaqalari, “Gulxan atrofida” ko‘ngilochar dasturi hamda o’zbek adiblari asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshalari o’tkazilib kelinmoqda.

Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida taniqli ijotkorlar, ya'ni O’zbekiston Xalq shoiri, senator Mahmud Toir, O’zbekiston Yozuvchilar yuyshmasi a’zolari Zohidjon Xolov va Halima Ahmedovalar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Institut professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etgan tadbirni institut rektori Bahodir Xoliqov olib bordi. So’zga chiqqan Mahmud Toir, Zohidjon Xolov va Halima Ahmedovalar o’zlarining ijodiy faoliyati hamda hayot tajribalarini yig'ilganlar bilan o'rtoqlashishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2024-10-10 11:17:20 56