Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Kechki fakultetida tahsil oluvchi birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Unda Kechki fakultet dekani Anvar Nurmuratov, yangi tashkil etilgan “Registrator offis” direktori Suxrob Erkinov hamda “Registrator offis”da xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i Bunyod Odilovlar ham ishtirok etishdi.
Muloqot davomida rektor muassasa hayoti, oʻquv jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so’zladi. Shundan soʻng uchrashuvning savol-javob qismiga navbat keldi. Unda talabalar turli yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, muammolarni rahbarlar eʼtiboriga havola etishdi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar bildirildi.
Uchrashuvda talabalar tomonidan ko’tarilgan bir qator muammolarga shu yerning oʻzida yechim topildi. Qolgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga aniq vazifalar hamda ko’rsatmalar berildi.
Muloqot yakunida Bahodir Xoliqov institutda anʼanaga aylangan “Rektor va talabalar uchrashuvi”ni doimiy tashkil etilajagini, agar biror talabaning alohida murojaati boʻlsa, qabul qilish uchun eshigi hamisha ochiq ekanini bildirdi. Uchrashuv ochiq, erkin muloqot ruhida o’tdi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
