Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti tashkil topganining 90 yilligi va falsafa fanlari doktori, professor Zeynabil Aydarbekovning 60 yillik yubileyi munosabati bilan mazkur universitetda «Yoshlarning raqamlashtirish asridagi mafkuraviy qadriyatlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat transformatsiyasi sharoitida yoshlarning asosiy dunyoqarash yo‘nalishlarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Islom Hamdamov ham ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
Xalqaro konferensiyada olimlar zamonaviy va global muammolar hamda ta’limda raqamlashtirishning ahamiyatini muhokama qilishdi.
Ma’lumot o’rnida: Аl-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universiteti “QS World University Rankings – 2025” xalqaro reytingida dunyoning eng yaxshi 200 universiteti qatoriga kirib, 163-o‘rinni egallab turibdi.






SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
