Filologiya, metodika, tarjimashunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sаmаrqаnd dаvlаt chet tillаr instituti hamkorligida “Filologiya, metodika, tarjimashunoslik: zamonaviy fanning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Unda dunyoning bir qator mamlakatlari oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, institut professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Anjumanni ochib bergan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov keyingi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, xorijiy rivojlangan davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorliklarning ahamiyati haqida gapirdi. Yig’ilganlarni bugungi tadbir bilan qutlab, konferensiya ishiga omad tiladi.

Shundan so’ng anjuman o’z ishini boshladi. Unda filologiya, metodika, tarjimashunoslik hamda zamonaviy fanning dolzarb masalalari yuzasidan Sotim Ulug’zoda nomidagi Tojikiston Xalqaro xorijiy tillar universiteti rektori, professor Jilo Buri Gulnazarzoda, Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk davlat madaniyat instituti professori Bozor Safaraliyev, Oltoy davlat pedagogika universiteti dotsenti, Lingvistika instituti direktori Nadejda Shirokova, SаmDCHTI professori Shahriyor Safarov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professori Asad Ahmad Misbah Parveen, O‘zMU professori Abdi Mamatov, O‘zDJTU professorlari Jamoliddin Yakubov va Do’stmamat Kulmamatov, Ingliz tili mutaxassisi (AQSH) Ralph Schusler, Germaniya universiteti professori Muller-Buck Renatte Tubengan, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Gulnora Mahkamova, Qozog’iston Respublikasi Karaganda universiteti professori Alfiya Kitibayevalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya ishtirokchilari kelgusida hamkorlikda qilinishi ko’zda tutilgan rejalar to’g’risida kelishib olishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-11-08 19:02:57 149