Avval xabar qilinganidek, ayni kunlarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov boshchiligidagi institut delegatsiyasining Meksika Qo’shma Shtatlari Mexiko shahriga xizmat safari davom etmoqda. Xizmat safari davomida davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijda keng targ’ib qilish, shuningdek ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsad qilingan.
Joriy yilning 12-noyabr kuni Mexiko milliy avtonom universitetining xalqaro hamkorlik bo’yicha koordinatori (prorektor) janob William Lee rahbarligidagi universitet vakillari bilan institut delegatsiyasi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga universitetda professor-o’qituvchilar, mahalliy va xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi. Xizmat safari davomida Mexiko shahridagi bir qator oliy ta’lim muassasalarida milliy-madaniy tadbirlar hamda san’at ko’rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

.jpg)

.jpg)



SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
