Rektor Bahodir Xoliqov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Meksika Qo’shma Shtatlarida

Ayni kunlarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Meksika Qo’shma Shtatlari Mexiko shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi. Safar davomida Mexiko milliy avtonom universitetida ikkala oliy o’quv yurti o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

Mazkur oliy o’quv yurtida YuNeSKO bosh assambleyasining 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi ko’zda tutilgan 43-sessiyasi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi. Unda dastlab Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov institut to’g’risida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, O’zbekistonning beboha me’rosi, milliy hunarmandchilik namunalari bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-11-14 17:41:38 67