Tadbirda institut professor-o’qituvchilari, talabalar, Samarqand jamoatchiligi vakillari, xorijlik mehmonlar, ziyolilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasidan so’ng Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov kirish so’zi bilan tadbirni ochib berdi.
Samarqand viloyati hokimining o’rinbosari X.To’xtayev viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning institut jamoasi va talabalarga yo’llagan bayram tabrigini o’qib berdi.
Turkiya Respublikasining Samarqand shahridagi Konsuli janob Salih Janer o’z so’zida institut jamoasini bugungi ayyom bilan tabriklar ekan oliygoh professor-o’qituvchilarining Turkiya oliy o’quv yurtlari bilan o’rnatgan aloqalari mustahkamlanib borayotganini, bu har ikki mamlakat ilm-fani rivojiga hissa qo’shayotganini e’tirof etdi.
Shundan so’ng qator yillardan buyon namunali pedagogik faoliyat olib borib, institut salohiyati oshishiga o’zining munosib hissasini qo’shgan bir guruh ustozlarga Samarqand viloyati hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O’zbekiston Faxriylarni ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
So’zga chiqqan “Zarafshon va Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri F.Toshev, “Registon ansambli” direksiyasi rahbari X.Qahhorov, muqaddam mazkur oliygohda rahbar lavozimda mehnat qilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Sh.Sirojiddinov, Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Sh.Safarov, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.To’xtasinov va mazkur institut professori G’.Rahimovlar SamDCHTI bosib o’tgan yo’l, jamoaning fidoyi mehnati va 30 yilda qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlar haqida gapirishdi. Institut bilan bog’liq shirin xotiralarni yodga olishdi.
Tadbirda ustozlarga alohida ehtirom ko’rsatilib, ular institut rahbariyati tomonidan sovg’alar va institut tashkil topganining 30 yilligi esdalik medallari bilan taqdirlanishdi.


.jpg)
.jpg)

.jpg)




.jpg)

.jpg)


.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
