SamDCHTI delegatsiyasi tomonidan Meksika Qo‘shma Shtatlarining Mexiko shahrida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning  11-18-noyabr kunlari Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Meksika Qo‘shma Shtatlarining Mexiko shahridagi Meksika milliy avtonom universiteti (Universidad Nacional Autonoma de Mexico) hamda Toluka shahridagi Mexiko Shtati avtonom universitetida (Universidad Autonoma del Estado Mexico) yurtimizning tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma‘rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonning bebaho merosi” deb nomlangan taqdimot,  milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi hamda o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari asosida madaniy tadbir tashkil etildi.

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirlarda meksikalik talabalar, professor-o‘qituvchilar, shtat rasmiylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tashrif davomida, ushbu universitetlar bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandumlar imzolandi. Ushbu hujjatlarga ko‘ra, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari mazkur oliygohlarda o‘zaro tajriba almashish, talabalar esa borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-11-22 15:00:40 66