Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogik jamoasi viloyatdagi bir nechta umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik qilib keladi. Muhim sanalar, buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari munosabati bilan ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishadi.
Ayniqsa, institut professor-o’qituvchilarining olis Nurobod tumanidagi samaradorligi past bo‘lgan 16 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘quv-uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatib kelishayotgani e’tirofga sazavordir. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan mazkur maktablarda mahorat saboqlari, seminarlar, xorijiy tillarni o’rgatish va o’rganish bilan bog’liq tadbirlar tashkil etilib, maktab o’quvchilarining xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishi, o‘qituvchilarning esa mahorati va tajribasi oshirilmoqda.
Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov mazkur tumandagi 8-, 14-, 22-, 25-umumiy o’rta ta’lim maktablarida bo’lib, institut professor-o’qituvchilari hamda mazkur ta’lim muassasalari jamoalari hamkorligida amalga oshirilayotgan tajriba oshirish va mahorat saboqlari tadbirlari natijalarini o’rgandi. Bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirish borasida mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Tashrif davomida Bahodir Xoliqov maktablar hayoti, oʻquv jarayonlari va o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Jumladan, o’quvchilarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish, oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlari va fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rish jarayonlari borasida o‘z takliflarini bildirdi.
Institut rektori muloqot jarayonida o’quvchi va o’qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Bunday tadbirlar maktabda ta’lim sifati va samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.

.jpg)

.jpg)

.jpg)

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
