Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov IT Park Samarqand viloyati hududiy filiali direktori Sherzod Yusupovni qabul qildi.
Ikki tomomlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalariga zamonaviy kasblarni o‘rgatish, mamlakatimizda IT mutaxassislariga bo‘lgan yuqori talabdan kelib chiqqan holda, mazkur sohada istiqbolli kadrlarni tayyorlash, chet tillarini yaxshi o‘zlashtirgan talabalarni IT Park rezidenti bo‘lgan korxonalarning yuqori daromadli vazifalarida ishlashini ta’minlash bilan bog’liq bir nechta masalalarni hamkorlikda yechishga kelishib olindi.
Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida ikki tomon rahbariyati - Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov hamda IT Park Samarqand viloyati hududiy filiali direktori Sherzod Yusupovlar o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.





.jpg)
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
