
Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan o’zgalar yordamiga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni o’zlari uchun burch, sharafli vazifa, savob ish deb bilishgan va eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab kelishgan.
Bugungi kunda ana shu an’analarga sodiq qolgan holda yurtimizda inson qadrini ulug’lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Shu bois millati, dini va irqidan qat’iy nazar barcha yurtdoshlarimiz, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat beriladi.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham e’tirofga sazovor ishlar olib borilmoqda. Nogironligi bo‘lgan talabalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlari uchun imkoniyatlar yaratish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.
Jumladan, nogironligi bo’lgan talabalarimiz uchun talabalar turar joylaridan alohida xonalar ajratilib, ularning harakatlanishi, dam olishi, dars qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilib, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda mebel va jihozlar bilan ta’minlandi.
Barcha talabalarimizning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun turli xil fan va sport to’garaklari, xotin-qizlarimizni kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida tikuvchilik, oshpazlik, sartaroshlik xonalari va zaruriy dastgohlar tashkil etilgan. Shuningdek, qo’l mehnati evaziga hunarmandchilik buyumlarini tayyorlovchi ma’naviy-ma’rifiy to’garaklar ham samarali faoliyat yuritmoqda.
Ta’kidlash joizki, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan nogironligi bo’lgan talabalarimizni qo’llab-quvvatlash maqsadida 101 nafar talaba qimmatbaho sovg’alar va 2 million 589 ming miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Ishonchimiz komilki, yurtdoshlarimiz qalbida yashayotgan mehr-u oqibatga yo’g’rilgan xislat-u fazilatlar mamlakatimiz va xalqimiz istiqboli uchun muhim ahamiyat kasb etib, jamiyatda ezgu g‘oyalar yanada chuqur qaror topishiga xizmat qiladi.
Bahodir XOLIQOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
