"Fransuz Alliansi" bilan hamkorlik rivojlantirilmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan "Fransuz Alliansi" direktori Marjolaine Le Gallo xonimni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tashkilot o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish,  "Fransuz Alliansi"da Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari uchun stajirovka kurslarini tashkil etish hamda "Fransuz Alliansi" dasturlari doirasida O'zbekistonga taklif etilayotgan fransiyalik mutaxassislarni institutdagi o'quv jarayonlariga ham jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu boradagi hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-06 18:59:57 62