Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Amir Xudoyberdi, ijodkor Alisher Boymurodovlar taklif etildi

"Ma'rifat ulashib" loyihasini amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutiga  taniqli ijodkorlar, ya'ni Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Amir Xudoyberdi, ijodkor Alisher Boymurodovlar taklif etildi. 

Mehmonlarni Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Azamat Kuraxmedov kutib oldi. Jumladan, jarayon davomida talabalar hamda ijodkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda Hayot tajribalari va ijod yo’llari haqida yig'ilganlar bilan o'rtoqlashishdi. Asarlari xususida fikr-mulohazalar almashdi. So'ngra talabalar bilan savol-javob jarayoni davom etdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga ijodkorlardan atroflicha javob olishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-11 15:36:07 41