Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Xoliqov Bahodir Samarqand davlat chet tillar institutining Payariq tumanidagi “Xorijiy tillar” fakultetida bo’ldi va fakultet faoliyati bilan batafsil tanishib chiqdi.
Fakultetdagi “Umumiy fanlar” kafedrasi faoliyati, ilmiy salohiyati, professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda o’quv va dars jarayonlari borishi kabi ishlarni ko’zdan kechirdi.
Jarayon davomida fakultet talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan ham ochiq muloqot o’tkazildi. Unda talabalarning taklif hamda mulohazalari o’rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.
So’ng o’quv xonalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati o’rganilib, o’quv xonalarini yanada zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo’yicha takliflar o’rganildi.



.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2024-12-11 17:35:52
44
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
