“Talabaga bag’ishlov” tadbiri o’tkazildi

SamDCHTIda “Talabaga bag‘ishlov” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o’tkazildi. Unda institut rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.  

Dastlab O‘zbekiston Respublikadi Davlat madhiyasi yangradi.

So‘zga chiqqan institut rektori Bahodir Xoliqov yil davomida tashkil etilgan turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, iqtidorlarini namoyon etgan, namunali o‘qishi va jamoat ishlarida faolligi hamda  xulq-atvori bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talabalarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bilan qutladi. 

Ularning yutuqlarini e'tirof etgan holda barcha talabalarni oliygohda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Institut rektori tomonidan ushbu faol talabalar bir oylik stipendiyaning 1, 2, 3 baravari miqdoridagi pul mukofotlari,  sertifikat, kitoblar jamlanmasi  hamda qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-12 19:04:33 52