Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro nufuzli reytinglar nigohida

Joriy yilning 12-dekabr kuni e'lon qilingan UI GreenMetrics World University Rankings – 2024 (Dunyo OTMlarining global barqarorlik reytingi)da Samarqand davlat chet tillar instituti dunyoning 95 dan ortiq mamlakatlaridan 1500 ga yaqin ishtirokchi universitetlar orasida 613-o‘rinni egallab barqaror rivojlanish va barqarorlikka hissa qo‘shishga sodiqligini ko‘rsatdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, SamDCHTI O‘zbekistonning 52 ta reytingdan o‘rin olgan OTMlari orasida jami 6310 ball to‘plab, 14-o‘rin bilan O‘zbekistonning eng yaxshi 15 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga kirdi.

Bu muvaffaqiyat Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasining xalqaro miqiyosdagi o‘rnini va reytinglardagi ishtirokini mustahkamlash yo‘lida tinimsiz mehnati samarasidir. SamDCHTI barqaror ta’lim makonini shakllantirishda o‘z o‘rnini tasdiqlab, yangi marralar sari intilishda davom etadi.

UI GreenMetric – UI Greenmetrics tomonidan o'tkaziladigan jahon darajasidagi oliy o'quv yurtlarining reytingi hisoblanadi. 

https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2024

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-13 14:34:17 84