Mehmonni institut rektori Bahodir Xoliqov qabul qildi. Uchrashuv davomida Ummon Sultonligi oliy ta'lim muassasalari bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda tashkil etish, o'qituvchilar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish kabi yo'nalishlardagi ishlarni yanada rivojlantirish bo'yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.
Ma’lumki, 1973-yilning 18-dekabrida BMTning arab tilini rasmiy til sifatida qabul qilish to’g’risidagi qarori e’lon qilingan edi. YUNESKO tomonidan shu kun butunjahon xalqaro arab tili kuni etib belgilandi. O’sha kundan buyon xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va arab tili o’rganilayotgan oliy ta’lim muassasalarida arab tili bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.
Vafa Jabr Nasser Al-Busaidi xonim institutda mazkur munosabat bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
So'zga chiqqan institut rektori Bahodir Xoliqov arab va o’zbek xalqlari o’rtasidagi azaliy do’stlik va bugun ham davom etib kelayotgan an’analar haqida gapirdi. Renessanslarga asos solgan ajdodlarimiz o’z davrining ilmiy tili hisoblangan arab tilida buyuk asarlar yaratib, bashariyat istiqboli uchun xizmat qilishgani tilga olindi. Bugun institutda yuzlab o’zbek yoshlari arab tilini katta qiziqish bilan o’rganishayotgani, arab mamlakatlaridan kelgan arab tili va adabiyoti mutaxassislari institut talabalariga saboq berishayotgani, bu ezgu ishlar ikki xalq o’rtasidagi do’stlik va ilm-fan rivojiga katta hissa qo’shayotganini ta’kidladi.
Elchi xonim arab tilining xalqaro maydondagi ahamiyati, uni xorijliklarga o'rgatish yo'nalishida Ummon Sultonligi hamda Sulton Qobus universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to'g'risida ma’lumot berdi. Xorijiy tillarni, jumladan, arab tilini o'rganayotgan talabalarga o'zining qimmatli maslahat va tavsiyalarini berdi.
Yangragan arab va o’zbek milliy kuy-qo’shiqlari, ijro etilgan raqslar tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
