Samarqand davlat chet tillar institutiga O'zbekali Jonibekov nomidagi Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Mehmonlarni institut rektori Bahodir Xoliqov qabul qildi. O'zbekali Jonibekov  nomidagi Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti filologiya fakulteti dekani Janar Masaliyeva boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tili, dini, va dili bir bo’lgan o’zbek va qozoq xalqlari o’rtasidagi  uzoq asrlik do’stlik va birodarlik an’analarining bugungi kunda ham izchil davom etayotgani e’tirof etildi. Samarqand davlat chet tillar instituti va O'zbekali Jonibekov nomidagi Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti o’rtasida ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, tadqiqot ishlari tashkil etish kabi yo'nalishlarda hamkorlik bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Bu borada ikki tomonlama Memorandum imzolashga kelishib olindi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari institutning Payariq xorijiy tillar fakultetida bo’lib, talabalar bilan davra suhbatlari tashkil etishdi. Shuningdek, fakultetda Qozog’istondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalar bilan o’quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadqiqotlar olib borish maqsadida “O’zbek – qozoq markazi” tashkil etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-19 17:47:40 171