Xalqaro Ipak yo'li universitetlari Tarmog'i (Silk-road Universities Network) bosh kotibi, Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universiteti professori Sungdong Hwang janoblari SamDCHTIga tashrif buyurdi

SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov va Xalqaro Ipak yo'li universitetlari Tarmog'i (SUN-Silk-road Universities Network) bosh kotibi janob Sungdong Hwang o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Xalqaro Ipak yo'li universitetlari Tarmog'ining 2025-yilda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan Bosh Assambleya yig'ilishiga tayyorgarlik ko'rish borasida muzokaralar olib borildi. 

Ipak yo'li universitetlari Tarmog'i Ipak yo'li bo'ylab joylashgan mamlakatlar universitetlaridan iborat bo'lib, akademik, madaniy, sport va xayriya tadbirlarini tashkil etib keladi. Bosh Assambleyaning navbatdagi yig'ilishi 2025-yil Samarqand shahrida o'tkazilishi kutilmoqda. Mazkur tadbirga tayyorgalik ko’rish, uni belgilangan tartibda o’tkazish borasida tomonlar o’z takliflarini bildirishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-19 17:52:00 156