Samarqand davlat chet tillar institutida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan "Yil sarhisobi" deb nomlangan yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbirda so’zga chiqqan institut rektori Bahodir Xoliqov barchani bayram bilan tabriklar ekan yil davomida institut professor-o'qituvchilari va talabalar tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etdi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi hamda Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibalari bo'lgan talabalar bayram sahnasiga taklif etilib, ularga institut rahbariyati tomonidan 2 000 000 so'm miqdorida, shuningdek, respublika va xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etgan tarjimon-volontyorlar 1 553 640 so'm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiq va raqslar bayram shukuhini oshirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-19 17:54:36 54