"Nurli maskan" maxsus maktab-interneti o’quvchilari uchun “Yangi yil mo’jizasi” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari hamda "Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika" kafedrasi jamoasi hamkorligida Samarqand shahridagi 59-sonli  "Nurli maskan" maxsus maktab-interneti o’quvchilari uchun “Yangi yil mo’jizasi” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda "Nurli maskan" bolalari uchun kuy-qo'shiqlar, Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Bolajonlarga Qorboboning sovg'alari ulashildi. Kuy-qo’shiqlar bilan yakunlangan bayram tadbiridan bolajonlar olam-olam taassurotlar bilan qaytishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-19 17:58:21 59