Amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, istiqbolli rejalar belgilab olindi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov rahbarligida tashkil etilgan navbatdagi yig’ilishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, institut bino va inshootlarini qishki mavsumda isitish, ta’til kunlari talabalar bo’sh vaqtini samarali tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko’lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Unda institut prorektorlari, fakultet dekanlari va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi. Institut rektori qishki mavsumni betalofat o‘tkazish, binolarning isitish tizimi, elektr ta’minoti va boshqa zarur infratuzilmalar holatini nazoratdan o’tkazish va aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong’in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish, xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berdi.

Institutda ta’lim sifatini yanada oshirish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni qo’llab-quvvatlash, professor-o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan yuklama va vazifalar ijrosini nazorat qilish, samaradorlikka erishish choralarini ko’rish bo’yicha qilinishi lozim bo’lgan ishlar belgilab olindi.

Milliy bayramlar va boshqa sanalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalarni kengroq jalb qilish, ularni milliy urf-odat va an’analar bilan yaqindan tanishtirish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini shu asosda ishlab chiqish, talabalarni qishki ta’til vaqtida uylariga xavfsiz yetib borishlarini nazoratga olish kabi masalalar muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-19 18:10:39 108