SamDCHTI adabiyotshunos olimlari – D.Salohiy va I.Pardayevalar ishtirokida hammualiflikda yaratilgan “Navoiyshunoslik” darsligi nashrdan chiqdi

Kitob Navoiyshunoslikka oid mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi. Unda asosan o‘zbek mutafakkir allomalari tomonidan yaratilgan boy ilmiy-adabiy meros va Alisher Navoiy asarlarining mavzu ko‘lami, tarixiy-ilmiy ahamiyati va g‘oyaviy xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.

Darslikda mavzularni mustahkamlash uchun topshiriqlar, mashqlar ham o‘rin olgan. Sharq tillarini o‘rganuvchi talabalarda Alisher Navoiy asarlarini ilmiy o‘rganish, adabiy manba matni yuzasidan  mushohada yurita olish malakasini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.

👉 Kitob bilan tanishish

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-24 15:57:45 50