Xorijlik hamkorlar tomonidan homiylik amalga oshirildi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro ilmiy markazlar va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda. Hamkorlik natijalari institutning o’quv, ilmiy va boshqa yo’nalishdagi faoliyatiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. 

Yangi yil bayrami munosabati bilan institut hamkori – Samarqand shahridagi "Koreya akupunkter va sharq tabobati markazi" bosh direktori janob Woojick Her navbatdagi ezgu ishni amalga oshirdi. U institutda tahsil olayotgan bir guruh kam ta'minlangan, nogironligi bo'lgan va boquvchisini yo'qotgan talabalarga moddiy yordam ko’rsatib, o’ksik dillarga quvonch ulashdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Woojick Her janoblariga o’rnatilgan hamkorlik va institut talabalariga ko’rsatgan homiyliklari uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-12-26 19:04:19 90