Uni institut rektori B.Xoliqov olib bordi. Rektor kun tartibidagi birinchi masala – Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, shuningdek, institut Kengashi qarorlarining bajarilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida belgilangan vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Kuraxmedov institutda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi asosidagi rejalar, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qilingan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so’ng 2024/2025-o‘quv yili uchun talabalar qabuli yakuni to‘g‘risida Qabul komissiyasi mas’ul kotibi S.Erkinov axborot berdi.
Kengashda 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul rejasini ishlab chiqish, “Abituriyent – 2025” talabalar va magistrantlarni qabul qilish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish asosida yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish takliflari tayyorlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilishi to‘g‘risida mas’ullarga vazifalar berildi.
Kun tartibiga qo‘yilgan navbatdagi masala – 2024-yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuni, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalarni nashrga tavsiya etish, tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka 2025-yil uchun qabul yakuni, ularning mavzulari va ilmiy maslahatchilarini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayevning bu boradagi axborotidan so‘ng kelgusida institut ilmiy salohiyatini oshirish uchun kvotalar sonini oshirish, xalq xo‘jaligi uchun kerak bo‘ladigan ixtisosliklar turini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Nurmuratov 2024/2025-o‘quv yili yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni haqida axborot berdi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibiga kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlarini jalb etgan holda komissiya tarkibini shakllantirish va tasdiqlatish kafedra mudirlari zimmasiga yuklatilgani alohida ta’kidlandi.
Institut qoshidagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan tashkil etiladigan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog va mutaxassis xodimlarining 2025-yilda malaka oshirish o‘quv kurslari rejasini tasdiqlash masalasi Kengash muhokamasiga qo‘yildi.
Institutning xalqaro reytinglardagi o‘rni va nufuzini oshirishning strategik ahamiyatini hisobga olgan holda 2025-2026-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
