Ispaniyaning Kadis universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Samarqand davlat chet tillar institutiga ishga taklif qilingan xorijlik malakali mutaxassis – Don Carlos Martin-Penasco Medina 2024-yilning oktabr oyidan SamDCHTIda talabalarga ispan tili va adabiyotidan saboq berdi.
Institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Berdialiyev Don Carlos Martin-Penasco Medina bilan uchrashdi va unda ikki tomon hamkorligida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Xorijlik mutaxassisga Bahodir Berdialiyev institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.





SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
