E.Buketov nomidagi Karaganda universitetining 15 nafar professor-o‘qituvchilaridan tarkib topgan delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Har ikkala oliy ta’lim muassasalari mas’ullari o‘rtasidagi uchrashuvda ta‘lim sohasida tajriba almashish, ilmiy sohada hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlarga erishildi.
2023-yilda QS World University Ranking natijalariga ko‘ra 801+ o‘rinda turgan Karaganda universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi har ikkala oliy ta’lim muassasasi istiqboli uchun birdek ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.
Ushbu tashrif tomonlar o‘rtasidagi ilmiy izlanishlar, ta’lim metodikasi va innovatsion texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Jumladan, talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ilm-fan va ta‘lim sohasida global darajada raqobatbardosh bo‘lish va malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida muhim qadam qo‘yildi.
Mazkur hamkorlik kelajakda yangi loyihalar va tashabbuslar rivojlanishiga zamin yaratadi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
