Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qarori qabul qilingan.
Ushbu qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar oyidan boshlab tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlar ro’yxati shakllantiriladi. Bu borada fakultet dekan o’rinbosarlariga murojaat qilishlaringiz mumkin.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi bellashuvlar nizomning B-variantiga muvofiq 2 bosqichda 1-oliy ta’lim muassasasi bosqichi va 2-respublika final bosqichi shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan muddatda va nizomda belgilangan tartibda taqdim etilmagan ishlar qabul qilinmaydi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
