Rektor va talabalar uchrashuvi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov talabalar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan tadbirda dastlab rektor talabalarning huquq va burchlarini yaxshi bilishlari, bu hozirgi va kelgusi hayotlarida muhim ahamiyat kasb etishi lozimligini alohida ta’kidladi. Har bir talaba o‘z iqtidorini namoyon qilishi uchun oliygohda barcha sharoitlar yaratilgani, ularning bilim samaradorligi va ilmiy salohiyatini oshirish, tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish an’anaga aylangani aytib o‘tildi.

Shuningdek, iqtidorli talaba yoshlarni aniqlash va ularni mudom qo‘llab-quvvatlash borasida institutda amalga oshiriliyotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.  Bahodir Xoliqov har bir talabani yaratilgan mana shunday imkoniyat va shariotlardan oqilona foydalangan holda chuqur ilm olishga chaqirdi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutini korrupsiyasiz maskanga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar – ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlar ham sanab o‘tildi. Shu maqsadda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida maxsus bot faoliyati yo’lga qo’yilgani, bundan tashqari, fakultetlar binosining kirish qismida o‘rnatilgan “Adolat qutisi” institutda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida, fanlar bo‘yicha oraliq yoki yakuniy imtihonlardan olinadigan nazorat ishlarida hamda o‘quv jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan adolatsizlik va korrupsion holatlarni bartaraf etish borasida takliflarni o’rtaga tashlash imkoniyati yaratilgani aytildi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga institut rektori batafsil javob berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2025-01-22 18:57:09 144