Kuzatuv Kengashining yig‘ilishi bo’lib o’tdi

29-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxrux Daliyev raisligida Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv kengashining 2025-yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab institutning moliyaviy masalalari bilan bog‘liq bir qator hujjatlar, oliy ta‘lim muassasasi boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq bir qator masalalar tasdiqlandi.

Tadbirda o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar natijadorligiga erishish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kuzatuv Kengashi tomonidan institut moddiy-texnik bazasi va o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, institutning xalqaro reyting ko’rsatkichlaridagi o‘rnini oshirish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Institutni zamonaviy, innovatsion talablarga javob beradigan ta’lim va ilmiy markaz darajasiga olib chiqish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ta’limda samaradorlikka erishish va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi muhim vazifalar belgilandi. 

Mazkur tadbir institutning ustuvor yo‘nalishlari hamda rivojlanish strategiyasini belgilashda muhim qadam bo‘ldi.

 

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2025-01-30 15:03:21 108