Bugun, 8-fevral kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va oʻquvchilar hamda chet el vakillari bilan gavjum bo'ldi.
Buyuk mutafakkir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan bogʻ markazida oʻrnatilgan Alisher Navoiy haykali poyida tadbir oʻtkazildi. Unda buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi.
Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqildi. Viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻydi.
Jarayonda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham faol qatnashdi.


.jpg)



.jpg)



© SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
