Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Samarqand davlat chet tillar institutiga oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingida top 300 talik tarkibida bo‘lgan Yaponiyaning Tsukuba universiteti professor-o‘qituvchlari tashrif buyurishdi.   

Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek G‘aybullayev kutib oldi. Tashrif doirasida Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Naohiro Higuchi boshchiligida mehmonlar va SamDCHTI professor-o‘qituvchilari hamkorligida ilmiy-metodologik seminar tashkil qilindi.

Unda so‘zga chiqqanlar ilmiy-pedagogik yo‘nalishda tajribalar almashish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va taʼlim sohasidagi xalqaro almashinuvlarini rivojlantirish yuzasidan ma’ruzalar qilishdi, o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir nihoyasida tomonlar kelgusida bu kabi ilmiy-metodologik seminarlarni ko‘paytirish va xalqaro konferensiyalar tashkil etish borasi kelishib olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-02-15 16:57:27 248