Samarqand davlat chet tillar institutida "Eng faol amaliyotchi talaba - 2025" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori B.Xoliqov talabalarning chuqur ilm olishlari, kasb sir-asrorlarini mukammal o‘rganishlari uchun amaliyot o‘tashlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Talabgorlarning ko‘rik-tanlovdagi ishtirokiga omad tiladi.

Ingliz tili fakulteti Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodika kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda bitiruvchi kurs talabalaridan iborat ishtirokchilar o'zlarining noan'anaviy pedagogik texnologiyalari, ochiq dars mashg‘ulotlari, muammoli vaziyatdan chiqish uslublari, badiiy chiqishlari bilan qatnashishdi. 

Ko‘rik-tanlov nihoyasida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-02-20 17:43:26 83