Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti Z.Sayitqulovaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning lingvomadaniy va pragmatik tahlili (ingliz va o‘zbek badiiy asarlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi, mazkur ixtisoslikdan institut mustaqil izlanuvchisi M. Аbsamadovaning “O‘zbek va ingliz tillarida diplomatik terminlarning lisoniy ifodalanishi va qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi hamda institutning yana bir mustaqil izlanuvchisi M.Mahmudjonovaning “Sodda gap tarkibida monovalentli bo‘laklarning semantik-funksional xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyalarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari tomonidan har uchala ilmiy ish batafsil o‘rganib chiqildi. Yutuqlar e’tirof etildi, ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf etish va himoyaga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
.jpg)


.jpg)

.jpg)


© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
