Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Roman-german tillari fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.
Tadbirda dastlab institut rektori oliygoh hayoti, unda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ulardan oqilona foydalanishning ahamiyati haqida gapirdi. Shundan so‘ng ta’lim olish, xorijiy tillarni o‘rganish, ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilish hamda talabalar fan olimpiadalari, turli ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalarda faol ishtirok etish borasida o‘z takliflarini berdi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha rektor mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berdi.










© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
