Ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va to‘garaklar faoliyatida samaradorlikni oshirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, diniy ekstremizm va terrorizm hamda yot oqim va g‘oyalarga qarshi kurashishda ma’rifatga suyanish, tyutorlar faoliyatidagi kamchiliklarga barham berish hamda sportni ommalashtirishga oid chora-tadbirlarni kuchaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Institut prorektorlari, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda tyutorlar ishtirok etgan yig‘ilishni institut rektori Bahodir Xoliqov olib bordi.

Unda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ma’naviyat soatlari, turli intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, to‘garaklar faoliyatining samarali tashkil etilishi, ayniqsa tyutorlar faoliyati institutda sog‘lom ma’naviy muhit shakllanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ayrim tadbirlar mas’ullar tomonidan nomiga tashkil etilishi ma’naviy va ma’rifiy soha samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Institut rektori har bir talaba institut rahbariyati, mas’ullar va tyutorlar e’tiborida bo‘lishi, ular talabalar turar joylari va ijara uylarida bo‘lib, talabalar holidan xabar olishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun talabalarga yetarli sharoitlar yaratishlari lozimligi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2025-02-27 19:49:50 125