DAAD tashkiloti boshqarma boshlig'i Vera Rogova boshchiligidagi mehmonlar dastlab Roman-german tillari fakulteti “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi faoliyati hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so'ng institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i B.Berdialiyev, fakultet dekani O'.Sattorov, “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri A.Yaxshiyev hamda nemis tili professor-o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, DAAD tashkiloti tomonidan nemis tili o'qituvchilari uchun berilayotgan grant loyihalar va dasturlar to'g'risida ma'lumotlar, taklif hamda fikr-mulohazalar almashinildi.







© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
