Ayol borki, olam munavvar...

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda, avvalo, qalbi mehrga to‘lgan, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Shuning uchun onalar qadrlanadi, e’zozlanadi. 

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami Samarqand davlat chet tillar institutida ham keng nishonlandi. Bayram munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori B.Xoliqov xotin-qizlarning davlat va jamiyat rivojidagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi. Institut xotin-qizlarini bayram bilan qutladi. Institutning faol professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Talabalar tomonidan yangragan milliy kuy-qo‘shiqlar, poytaxtimizdan tashrif buyurgan san’at ustalari va samarqandlik san’atkorlarning chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2025-03-07 15:15:59 86